"Chelsi" yaqin vaqt ichida 21 yoshli futbolchini 100 million evroga sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

"Chelsi" transfer oynasi yopilguniga qadar himoya chizig'ini kuchaytirishdan to'xtamaydi.
"Ko'klar" "Napoli" klubidan Kalidu Kulibalini 38 million evroga sotib olishdi, "Brayton" jamoasi chap qanot himoyachisi Mark Kukurellya 65 million evro evaziga shartnoma imzolashga rozi bo'ldi. Ammo bu hammasi emas: jurnalist Jek Rosserning tarqatgan ma'lumotiga ko'ra, “Chelsi” “Lester” jamoasining Uesli Fofana borasidagi iltimosini qondirishga tayyor. “Tulkilar” 21 yoshli markaziy himoyachi uchun taxminan 100 million evro talab qilmoqda. Agar transfer borasidagi muzokaralar ko'ngildagidek bo'lib o'tsa, londonliklar ushbu summadan voz kechishga tayyor.
“Lester” avvalroq Fofanani “Chelsi”ga 70 million evrodan sal ko'proq evaziga sotishdan bosh tortgan edi.

Bosh sahifaga
175