"Lester" "Nyukasl"ning uchinchi taklifini ham rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Sky Sports nashri xabariga ko'ra, "Lester" "Nyukasl"ning yarim himoyachi Jeyms Meddison bo'yicha yangi taklifini yana rad etdi.
Oldinroq "Nyukasl" taklifini 48 million evrodan 60 millionga yaxshilagani haqida xabar berilgandi. Biroq bu variant “Lester” rahbariyatiga to'g'ri kelmadi.
Meddisonning “tulkilar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali 25 yoshli yarim himoyachini 50 million evroga baholamoqda.
Futbolchi o'tgan mavsumda “Lester” safida 53 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 12 ta golga assistentlik qildi.

Bosh sahifaga
202