"Chelsi" "Manchester Siti" qiziqish bildirayotgan futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

"Chelsi" "Brayton" himoyachisi Mark Kukurellya bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manba bergan xabarga ko'ra, 2 avgust kuni klublar 24 yoshli ispaniyalik futbolchining transfer shartnomasini yopish bo'yicha muzokaralar olib borishadi.
Avvalroq, Kukurellyaga "Manchester Siti" ham faol qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi, biroq "Brayton" himoyachi uchun 60 million evro to'lashni istamagan "shaharliklar"ga o'z futbolchisini sotishdan bosh tortdi.
Kukurellyaning amaldagi klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali Ispaniya terma jamoasi futbolchisini 28 million evroga baholamoqda.
Himoyachi o'tgan mavsumda “Brayton” safida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
263