"Borussiya" Bundesligadan hujumchi xarid qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Dortmundning "Borussiya" klubi "Kyoln" hujumchisi Entoni Modestga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, transfer shu yilning yozida amalga oshishi mumkin.
O'tgan mavsumda Modest "Kyoln" safida barcha musobaqalarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali 34 yoshli frantsiyalik futbolchining narxini 3 million evroga baholamoqda.
Avvalroq, 30 iyul kuni "Borussiya" hujumchisi Sebastyan Alle nomalum muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'lgandi. Futbolchi davolanishi kerak bo'ladi, chunki unga saraton tashxisi qo'yilgan.

Bosh sahifaga
263