De Yong qaysi klublarga o'tishi mumkinligi xabar qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Yaqinda "Barselona" yarim himoyachi Frenki de Yongni sotish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, niderlandiyalik yarim himoyachi faqat ikkita klubga ketishga tayyor.
Ispaniyalik matbuotining yozishicha, Frenki "MYu" taklifini rad etgan. Futbolchi faqatgina "Bavariya" yoki Londonning "Chelsi"siga o'tish masalasini ko'rib chiqishga tayyor.
Niderlandiyalik futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Yarim himoyachining transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda. De Yong haftasiga 560 000 evro maosh oladigan "Barselona"ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi.

Bosh sahifaga
266