"Chelsi" bu futbolchi uchun o'z tarbiyalanuvchisini qo'shib bermoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

"Chelsi" yangi himoyachi xarid qilish uchun o'z futbolchisini qurbon qilmoqchi. Xabarlarga ko'ra, "Brayton" futbolchisi Mark Kukurelya londonliklar uchun ham nishonga aylangan.
Bu ishni ijobiy hal qilish uchun esa "Chelsi" "chag'alaylar"ga o'z tarbiyalanuvchisi Levi Kolvillni taklif etmoqchi. 19 yoshli o'yinchi ayni damda 20 million funt atrofida baholanmoqda.
Shu sabab u Kukurelyani sotib olish uchun tranfserning bir qismi sifatida "Brayton"ga taqdim etiladi. Ayni damda Kukurelyaga 50 million funt narx qo'yilgan. U uchun "Manchester Siti" ham qiziqish bildirayotgan edi.
Manba: bbc.com
Bosh sahifaga
200