"PSJ" "Lester" himoyachisiga 65 million evro to'lashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Jurnalist Adrien Grenening ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, "PSJ" klubi "Lester" himoyachisi Uesli Fofanaga qiziqish bildirmoqda.
Frantsiya grandi futbolchi uchun 65 million evro to'lashga tayyor. Biroq bunday taklif Britaniya tomoniga to'g'ri kelmaydi. "Lester" rahbariyati Fofanani sotishdan ancha ko'proq daromad olishni rejalashtirmoqda.
21 yoshli frantsiyalik futbolchi ingliz klubida 2020 yilning oktyabridan buyon to'p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Uesli o'tgan mavsumda Premer-ligada 7 ta o'yinda maydonga tushdi va ikkita sariq kartochka oldi.

Bosh sahifaga
269