Trappga "Napoli" qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi darvozaboni Kevin Trapp faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning fikricha, germaniyalik posbonga “Napoli” qiziqish bildirmoqda. David Ospina "Napoli"ni erkin agent sifatida tark ketganidan keyin yangi darvozabon qidirmoqda.
32 yoshli germaniyalik futbolchi o'tgan mavsumda “Glazgo Reynjers”ga qarshi o'yinda muhim seyvlari bilan “Ayntraxt”ga Evropa Ligasida g'alaba qozonishga yordam berdi. Endi frankfurtliklar tarixda birinchi marta Chempionlar ligasida o'ynaydi.
"Napoli" uchun muqobil variant - "Chelsi" posboni Kepa Arrisabalagani ijaraga olish.

Bosh sahifaga
184