"Manchester Siti" ikki nafar himoyachisining nomzodini ko'rib chiqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

"Manchester Siti" "Brayton" jamoasi futbolchisi Mark Kukurellya transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, e'tiborini boshqa nomzodlarga qaratdi. Jurnalist Jonatan Smitning so'zlariga ko'ra, “shaharliklar” "Shtutgart" futbolchisi Borna Sosa va “Vulverxempton” a'zosi Rayan Ait Nuri o'rtasida tanlov qilmoqda.
Har ikki futbolchining o'yini “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yoqadi. Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" Aleksandr Zinchenkoni London "Arsenal" jamoasiga sotilganidan keyin himoyaning chap qanotini kuchaytirishi kerak.
Avvalroq "Manchester Siti" "Brayton" talab qilganidek, Kukurellya uchun 60 million evro to'lashdan bosh tortgan edi.

Bosh sahifaga
181