AQShlik darvozabon "Chelsi" bilan shartnoma imzolash uchun Londonga etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

"Chikago Fayr" darvozaboni Gabriel Slonina "Chelsi" klubi bilan shartnoma imzolash uchun Londonga etib keldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Qayd etilishicha, AQShlik darvozabon "ko'klar" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi, shundan so'ng u MLS mavsumini yakunlash uchun "Chikago Fayr"ga qaytadi. Shundan keyingina Slonina yanvarda "Chelsi"ga qaytadi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi uchun kurashda Madridning "Real" klubi ham ishtirok etgan, keyin esa bu transfer g'oyasidan voz kechgandi. “Chelsi” yosh iqtidor uchun 15 million evro to'laydi.
Slonina ushbu mavsumda o'z darvozasi daxlsizligini saqlash borasida MLS etakchisi hisoblanadi.

Bosh sahifaga
199