"Arsenal" Londonning yana bir klubi futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

"Arsenal" "Vest Xem" klubiga yarim himoyachi Jarrod Bouen borasida so'rov yubordi.
Mikel Arteta jamoasi yozgi transfer kampaniyasini davom ettirmoqda. Londonliklar yangi o'yinchilarni sotib olish uchun 100 million evrodan ko'proq mablag' sarflashgan. Football.london nashri xabariga ko'ra, yana bir xarid "Vest Xem" yarim himoyachisi Bouen bo'lishi mumkin.
Arteta jamoaning hujumini kuchaytira oladigan futbolchi qidirmoqda. Avvalroq, "Arsenal" Eyndxovenning PSV klubidan Kodi Gakponi transfer qilish niyatida edi.
Bouenning "bolg'achilar" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan va klub yarim himoyachini qo'yib yuborishga osonlik bilan rozi bo'lmasa kerak.
O'tgan mavsumda futbolchi Premer-ligada 36 o'yinda maydonga tushib, 12 gol urdi va 10 golga assistentlik qildi.

Bosh sahifaga
295