Rasman! "Atletiko" yangi xaridga amalga oshirganini e'lon qildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Madridning “Atletiko” klubi Italiyaning “Udineze” himoyachisi Nauelya Molina bilan shartnoma imzoladi. O'z rasmiy saytida "matraschilar" argentinalik futbolchi klub bilan 5 yillik shartnoma imzolagani haqida xabar berdi.
Molina uzoq vaqtdan beri "Atletiko"ning nishoni bo'lib kelgan. Futbolchi so'nggi paytlarda muntazam ravishda Argentina terma jamoasiga chaqirilib kelinmoqda va o'tgan mavsumda u Italiya A Seriyasida 7 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Molina "Udineze"da atigi ikki mavsum o'ynadi. Avvalroq futbolchi o'z vatanida "Boka Xuniors", "Defensa" va Xustisiya", "Rosario Sentral" kabi klublarda o'ynagan.


Bosh sahifaga
291