Ronaldu talab qilgan maosh «Napoli»ga og'irlik qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduning «Napoli»ga o'tishi amalga oshmaydigan bo'ldi.
Agent Jorje Mendesh neapolliklarga 37 yoshli futbolchini ijaraga olishni taklif qilgandi. Ushbu taklif «Napoli»ni qiziqtirdi, ammo jamoa Ronaldu talab qilgan maoshni to'lashga qodir emasligin ma'lum qildi.
Krishtianu yillik maoshni 8 million evrogacha qisqartirishga tayyor edi. Ammo ushbu summa ham italiyaliklarga og'irlik qildi.
Eslatib o'tamiz, "Napoli" Italiya chempionatining o'tgan mavsumida 3-o'rinni egallab, Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan.

Bosh sahifaga
286