"Chelsi" 8 nafar futbolchisi bilan xayrlashishi kutilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Londonning “Chelsi” klubi yozda 8 nafar futbolchi bilan xayrlashishi mumkin. Jurnalist Saymon Fillipsning fikricha, Timo Verner, Kep Arrizabalaga, Ross Barkli, Mishi Bachuayi, Markos Alonso, Sezar Aspilikueta, Kristian Pulishich va Xakim Zieshlar jamoani tark etishi mumkin.
Ro'yxat tilga olingan ko'plab futbolchilar bosh murabbiy Tomas Tuxelning rejalariga kiritilmagan, shu bois klub tegishli miqdorda tovon puli evaziga ular bilan xayrlashishga qarshi emas.
Shuningdek, futbolchilarning sotilishi “Chelsi”ga boshqa hujumkor futbolchining transferi uchun pul yig'ishga yordam berishi mumkinligi aytilmoqda. Tuxel allaqachon rahbariyatga oldingi chiziqni kamida yana bitta sifatli hujumchi bilan mustahkamlashni hohlashini aytgan.

Bosh sahifaga
230