APL debyutanti Italiya A Seriyadan futbolchi olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Angliya Premer-ligasi debyutanti yana bir transfer maqsadiga qaror qildi. Jurnalist Nikolo Skiraning fikricha, "o'rmonchilar" "Sassuolo"ning chap qanot himoyachisi Rikkardo Markitstsoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Shu bilan birga, ingliz klubi faqat italiyalik futbolchi haqida ma'lumot so'ragani xabar qilingan. Klublar o'rtasidagi muzokaralar hali boshlanmagan.
Markitstsa hali Italiya A Seriyasida "Sassuolo" safida debyut qilgani yo'q. O'tgan mavsumni 24 yoshli Rikkardo "Empoli"da ijarada o'tkazdi va chempionatda bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Markitstsa faoliyati davomida “Krotone”, “Avelino”, “Spetsiya” kabi klublarda ham o'ynagan.

Bosh sahifaga
368