Tuxel rahbariyatdan yana to'rtta yangi futbolchi sotib olishni talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel klub rahbariyatidan yana 4 ta transfer so'ramoqda. Jurnalist Saymon Jonsonning so'zlariga ko'ra, jamoa navbatdagi himoyachini sotib olganidan keyin ham transfer bozoridagi faolligini kamaytirmaydi.
Klub avvalroq "Manchester Siti" futbolchisi Raxim Sterling va "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali bilan shartnoma imzolagandi. Ikkala futbolchining transferi klub uchun 90 million evroga tushgan.
Transfer oynasining qolgan kunlarida "Chelsi" kamida ikkita markaziy himoyachi olishga harakat qiladi. Shuningdek, jamoa ikki hujumchini sotib olmoqchi, chunki Hakim Ziesh va Timo Verner yozda "Stamford Bridj"ni tark etishi mumkin.

Bosh sahifaga
345