"Fulxem" bu darvozabonlarning birini tanlashi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123
Angliyaning "Fulxem" klubi yangi darvozabon sotib olish ustida ishlamoqda. Insayder Fabritsio Romanoning fikricha, London klubi ikki nomzoddan birini tanlamoqda.
Bernd Leno bo'yicha "Arsenal" bilan muzokaralar davom etmoqda, biroq klublar o'rtasida transfer miqdori bo'yicha haligacha to'liq kelishuv mavjud emas. Parallel ravishda "Fulxem" "Barselona" bilan Netoning transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, "Fulxem" o'z shartlarini belgilashga qodir, chunki klub ikkala darvozabonga bo'lgan yagona nomzod ekanligini biladi.

Bosh sahifaga
336