"Chelsi" Kundeni qo'lga kirita olmasa, boshqa variantlarga e'tibor qaratadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Londonning "Chelsi" klubi agar "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundening transferi bo'yicha "Barselona"ga imkoniyatni boy bersa, klub rahbariyati uchta muqobil variantni ko'rib chiqadi. Jurnalist Nizar Kinsella xabariga ko'ra, bular "PSJ" futbolchisi Presnel Kimpembe, "Inter" futbolchisi Milan Shkrinyar va "Leyptsig" futbolchisi Yoshko Gvardiol.
Qizig'i shundaki, bu transferlarning har birini amalga oshirish juda qiyin bo'ladi. Shkrinyarni "PSJ" sotib olmoqchi, "Leyptsig" Gvardiolni qo'yib yubormoqchi emas, Kimpembe esa o'sha "PSJ"da qolib, asosiy tarkibdan joy uchun kurashni davom ettirish niyatida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel klubning transfer bozoridagi faolligidan shikoyat qilgan edi.

Bosh sahifaga
333