"Roma" o'z safiga "PSJ" futbolchisini qo'shib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Yarim himoyachi Jorjino Veynaldum yozgi transfer oynasida "PSJ"dan "Roma"ga o'tishi mumkin. 31 yoshli niderlandiyalik futbolchi bu transferga rozi, biroq klublar transfer pozitsiyasi borasida haligacha kelishmayapti.
Insayder Janluka di Martsio xabariga ko'ra, "PSJ" Veynaldumni sotish uchun "Roma"dan 10 million evro so'ramoqda. Rimliklar futbolchini ijaraga olishni afzal ko'rishadi va ular uning maoshining 50 foizini o'z zimmalariga olmoqchi. Muzokaralar yaqin kunlarda davom etadi.
Eslatib o'tamiz, Jorjino Veynaldum bir yil avval "Liverpul"dan "PSJ"ga o'tgan edi.

Bosh sahifaga
247