«Yuventus» de Ligtni «Bavariya»ga qancha sotganini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

«Bavariya» himoyachi Mateys de Ligtning transferi uchun «Yuventus»ga qancha to'lashi ma'lum bo'ldi. Turinliklar rasmiy sayti shartnomaning moliyaviy tomonlarini oshkor qildi.
Unga ko'ra, myunxenliklar "Yuve"ga 67 million evro to'lashadi. Ushbu summa 4 yil davomida bo'lib to'lab beriladi. Shuningdek, tomonlar o'rtasidagi kelishuvda yana 10 million evro bonuslar nazarda tutilgan.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli futbolchi 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Bosh sahifaga
201