Kunde Kataloniyadan uy izlashni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

"Sevilya" futbolchisi Jyul Kunde yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi aniq. Himoyachiga asosiy da'vogarlar "Chelsi" va "Barselona".
Jurnalist Jerar Romeroning so'zlariga ko'ra, payshanba kuni Jyul Kunde vakillari rieltorlik agentligi xodimlari bilan uchrashadi. Futbolchi Barselonadan uy izlay boshlaydi.
23 yoshli Jyul Kunde transfermarkt portali tomonidan 60 million evroga baholangan. Frantsiyalik futbolchi 2019 yilning yozidan buyon “Sevilya”da to'p surmoqda. Bu vaqt ichida Kunde 133 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va uchta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
207