Manba: De Ligt "Bavariya" futbolchisi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Mattias de Ligtni ushbu transfer oynasida "Bavariya"ning to'rtinchi yangi futbolchisiga aylandi. Ijtimoiy tarmoq jurnalisti Fabritsio Romanoning xabar berishicha, niderlandiyalik himoyachi Yulian Nagelsmann jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Manbaga ko'ra, barcha hujjatlar allaqachon imzolangan. De Ligt faqat tibbiy ko'rikning ikkinchi qismini topshirishi kerak. Keyin niderlandiyalik futbolchi AQShdagi mavsumoldi mashg'ulotlarining qolgan qismiga etib boradi.
Eslatib o'tamiz, de Ligtga "Chelsi" ham qiziqish bildirgan edi, ammo himoyachining o'zi "Bavariya"ga o'tishni tanladi, chunki u nemis futboli unga ko'proq mos keladi, deb hisobladi.

Bosh sahifaga
160