Pau Torresga Evropaning grant klublari qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Ispaniyalik himoyachi Pau Torresga transfer bozorida xaridor ko'payib bormoqda. Insayder Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, futbolchiga Evropaning uchta giganti qiziqish bildirmoqda.
Torresning transferi bo'yicha "sariq suv osti kemasi" bilan muzokaralarni Londonning "Chelsi", "Manchester Siti" va Turinning "Yuventus" klublari olib bormoqda. Potentsial xaridor ispaniyalikning transferi uchun taxminan 55 million evro to'lashi kerak bo'ladi.
25 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsumda La Ligada 33 ta o'yinda maydonga tushdi. Torres hisobida beshta gol va bitta golli uzatma bor. Unda 5 ta sariq kartochka ham bor.

Bosh sahifaga
249