"Barselona" Kundeni qo'ldan chiqarib yuboradiganga o'xshaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

"Sevilya" himoyachisi Jyul Kundening transferi tobora qiyinlashib bormoqda, deya xabar beradi Catalunya Radio.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli frantsiyalik futbolchi Londonning “Chelsi” klubiga o'tishga yaqin turibdi. Avvalroq, futbolchining o'zi "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavi bilan suhbatlashganiga qaramay, faoliyatini Angliyada davom ettirishni afzal ko'rishi xabar qilingandi.
Kunde o'tgan mavsumda “Sevilya” safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Frantsiya terma jamoasi futbolchisini 60 million evroga baholamoqda. Futbolchining ispan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Bosh sahifaga
148