Simeone rahbariyatdan Ronalduning transferini talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

"Atletiko" asta-sekin Krishtianu Ronaldu uchun asosiy da'vogarlardan biriga aylanib bormoqda. Transfer tashabbuskori shaxsan Diego Simeone.
Argentinalik mutaxassis Ronalduni yana ikki mavsumni ham yuqori saviyada o'tkaza olishiga ishonmoqda. Simeone Ronalduni juda hurmat qiladi. Portugaliyalikning o'zi ham "Atletiko" taklifini qiziqish bilan ko'rib chiqadi.
Ayni damda Madrid klubining moliyaviy ahvoli havas qiladigan darajada emas. FIFA qoidalarini buzmaslik uchun jamoa kamida 40 million evroga o'z futbolchilaridan birini sotishi kerak. Qolaversa, ko'p narsa Ronalduning kelajakdagi maoshiga bog'liq.

Bosh sahifaga
142