Zidanning o'g'li Ispaniyani uchinchi divizion jamoasi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

Zinedin Zidanning o'g'li - yarim himoyachi Entso Zidan muntazam ravishda klubini almashtirishda davom etmoqda. Dushanba kuni "Fuenlabrada" 27 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Entsoning shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum uchun tuzilgan.
"Fuenlabrada" yangi mavsumni Ispaniyaning uchinchi divizionida boshlaydi.
Entso Zidan "Real" tarbiyalanuvchisi. "Fuenlabrada" yarim himoyachining so'nggi besh yildagi ettinchi klubi bo'ldi. U o'tgan mavsumni Frantsiyaning “Rodez” klubida o'tkazdi.
Mutaxassislar Entso Zidanni 300 ming evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
148