"Manchester Siti" Kukurelyaga muqobil variant topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

"Manchester Siti" "Brayton" futbolchisi Mark Kukurelyaga muqobil variant topdi. Chunki, "Brayton" o'z futbolchisi uchun 60 million evro talab qilmoqda. Germaniyaning Bild nashri xabariga ko'ra, "shaharliklar" bor e'tiborini "Shtutgart"ning chap qanot himoyachisi Borna Sosaga qaratishgan.
Nemis klubi o'z futbolchisini 25 million evroga baholamoqda, bu esa kelishuvni ancha soddalashtiradi. Eslatib o'tamiz, Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi so'nggi ikki mavsumda Bundesligada 1 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Shuningdek, Sosa bosh murabbiyi Tomas Tuxelni Londonning “Chelsi” klubida ko'rishni istamoqda.

Bosh sahifaga
146