"Rubin" futbolchisiga Evropaning bir qator klublari qiziqish bildirishmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

Qozonning “Rubin” klubi futbolchisi Oliver Abildgorga transfer bozorida talablar ko'payib bormoqda. Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoq orqali xabar berishicha, futbolchini o'z safida ko'rish uchun Evropa elita chempionatlaridagi bir qator klublar xohlashmoqda.
Manbaga ko'ra, daniyalik futbolchiga Angliyaning "Nottingem Forest", Germaniyaning "Verder" va Italiyaning "Sampdoriya" klublari qiziqish bildirmoqda. Abildgor shartnomani bekor qilish huquqidan foydalanib, yuqoridagi klublardan biriga o'tishi mumkin.
Oliver 2020 yildan beri Qozonliklar sharafini himoya qilish kelmoqda. "Rubin" tarkibida u 62 ta jang o'tkazib, bitta gol urgan va beshta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
158