"Sassuolo" talab qilgan mablag' "PSJ"ni qo'rqitib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

"Sassuolo" hujumchisi Janluka Skamakkaning transferi endi Frantsiya "PSJ" jamoasi uchun ustuvor masala emas. Jurnalist Adrien Grenerning fikricha, parijliklar bor e'tiborini yana bir hujumchiga qaratishga tayyor.
"PSJ"ni "Sassuolo" talab qilayotgan 50 million evro qo'rqitib yuborgan. Parij klubi o'tgan mavsum Italiya A seriyasida 16 ta gol urgan hujumchi uchun bunday pul ajratishga tayyor emas.
"Reyms" futbolchisi Ugo Ekitike hozirda Skamakkaga muqobil sifatida qaralmoqda. Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchi "Nyukasl"ga o'tishdan bosh tortgandi.

Bosh sahifaga
136