Jervino Turkiyada zerikdi, u boshqa chempionatga yo'l olmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Jervino o'tgan mavsumda "Trabzonspor" bilan mamlakat chempioni bo'lgan Turkiyani tark etishga qaror qildi. O'z missiyasini bajarganini hisobga olib, Jervino vaziyatni o'zgartirishga va Turkiyadan unchalik uzoq bo'lmagan Gretsiya chempionatiga o'tishga qaror qildi.
Ivuarlik hujumchini mahalliy "Aris" klubi taklif qilmoqda, deb xabar beradi Daily Mail. Jervino transferga roziligini bergan. Jervino o'tgan mavsumdan buyon “Trabzonspor” safida to'p suradi va bundan oldin u Italiyaning “Parma” klubida uch yil davomida Italiya chempionatining D seriyasiga tushib ketganidan so'ng jamoaning tiklanishiga yordam bergandi.

Bosh sahifaga
129