Fabregas B Seriya klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Sesk Fabregas faoliyatini B seriya klubida davom ettiradigan bo'ldi. Bu haqda insayder Janluka Di Martsio xabar tarqatdi.
"Monako" bilan shartnomasi yakunlangach erkin agent maqomiga ega bo'lib turgan 35 yoshli futbolchi «Komo» klubi bilan kelishuvga erishdi. U mazkur jamoa bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Tomonlar shartnomaning ba'zi jihatlarini kelishib olishsa, shartnomani rasmiylashtirishadi.

Bosh sahifaga
132