Rasman! "Atletiko" Portugaliyadan futbolchi sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

Portugaliyaning “Jil Visente” klubi vingeri Samuel Linu “Atletiko” bilan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi Madrid klubi rasmiy sayti.
22 yoshli braziliyalik futbolchining “matraschilar” bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Linu o'tgan mavsumda "Jil Visente" tarkibida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchini 7 million evroga baholamoqda.
O'tgan mavsum yakuniga ko'ra, madridliklar Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallagandi va Chempionlar ligasining chorak finaliga etib borgandi. “Jil Visente” esa Portugaliya chempionatini beshinchi o'rinda yakunladi.

Home
152