"Bavariya" yulduz hujumchi izlashni boshlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

Agar Robert Levandovski "Bavariya"ni tark etsa, myunxenliklar yulduz hujumchini sotib olishga harakat qiladi.
Oldinroq, polshalik hujumchi o'rniga o'rinbosar topilgani haqida xabar berilgandi - bu Yulian Nagelsmanning taktik o'zgarishlaridan so'ng Levandovskining asosiy vazifasini o'z zimmasiga oladigan Sadio Mane.
Biroq, Kicker nashrining xabar berishicha, Robert ketgan taqdirda myunxenliklar sof hujumchi xizmatiga muhtoj bo'ladi. Bu pozitsiya uchun "Bavariya" kelajakda yosh o'yinchilarni emas, balki 33 yoshli to'purarni darhol o'rnini bosa oladigan taniqli yulduzlarni ko'rib chiqadi.
Eslatib o'tamiz, Robert Levandovski joriy transfer oynasida "Barselona"ga o'tishi mumkin.

Bosh sahifaga
133