So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Hatto xotinim ham bu haqda bilmagandi». Fabritsio Romano yaponiyalik futbolchini hayron qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 76
Fabritsio Romano – jahon futbolidagi eng asosiy insayderlardan biri hisoblanadi. U tarqatayotgan ba'zi xabarlarni futbolchilar yoki ularning ayollari ham bilmasligi mumkin.
Ikki kun avval Romano Tvitter orqali yaponiyalik markaziy himoyachi Maya Yoshida faoliyatini «Shalke-04»da davom ettirishi haqida yozgandi. Yoshidaning «Sampdoriya» bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylandi. Jurnalist ushbu transfer haqida quyidagicha yozgandi:
«Shalke» yaponiyalik markaziy himoyachi Maya Yoshida bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolaydi. U ertaga Germaniyaga uchib keladi va tibbiy ko'rikdan o'tadi. Yoshida ko'pgina jamoalardan tushgan taklifga rad javobini berdi. Jumladan, «Trabzonspor»ga ham».
Yoshida ushbu xabarga javob yozdi:
«Bu qoyilmaqom yigit. Hatto xotinim ham «Trabzonspor» haqida bilmagandi!»
Mayaning ushbu tviti 155 mingdan ortiq "layk" yig'di.
Keyin esa Romano futbolchiga javob qaytardi: «Iliq so'zlar uchun rahmat... Xotiningga ayt, mening sahifamga obuna bo'lsin, sen haqingda ko'proq ma'lumotga ega bo'lib turadi. Sening o'yinlaringni Italiyada ko'rish yoqimli bo'ldi, Germaniyada esa omad tilayman!»