"Chelsi" Alonsoning o'rniga himoyachi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

Londonning "Chelsi" jamoasi o'zining kataloniyalik "Barselona"ga o'tishini talab qilayotgan chap qanot himoyachisi Markos Alonsoning o'rniga o'rinbosar topdi. The Athletic nashri xabariga ko'ra, "ko'klar" "Byornli" bilan birga Angliya Premer-ligasidan tushib ketgan 25 yoshli Maksvell Korne uchun kurashishga tayyor.
Ma'lum bo'lishicha, futbolchining "Byornli" bilan shartnomasida tovon puli jamoa Chempionshipga tushib ketganidan keyin faollashgan. Shu tariqa, frantsiyalik futbolchini "Byornli"ga 20 million evro to'lagan istalgan jamoa sotib olishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Korne o'tgan mavsumda Premer-ligada 9 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
201