"Barselona" o'z hujumchisiga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Hujumchi Martin Braytveyt Xavi kelasi mavsumda umid qilayotgan "Barselona" futbolchilari ro'yxatiga kiritilmadi.
OneFootball nashri xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 31 yoshli futbolchini sotishga tayyor va uning transferidan 8 million evro ishlab olmoqchi.
Manbaga ko'ra, Martin Braytveyt xizmatlariga Angliya Premer-ligasining ikki klubi qiziqish bildirmoqda.
Martin Braytveyt "Barselona"ga safiga 2020 yilning fevral oyida "Leganes" jamoasidan kelib qo'shilgandi. O'shandan beri daniyalik hujumchi 57 ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urgan va 5ta golga assistentlik qilgan.

Bosh sahifaga
201