"Real" o'z himoyachisini sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

Madridning “Real” klubi Ferlan Mendini sotishga va frantsiyalik futbolchi borasidagi takliflarni tinglashga tayyor.
Relevo nashri xabariga ko'ra, Madrid klubining bu pozitsiyasi Antonio Ryudigerning transferi bilan bog'liq. Nemis futbolchisi kelganidan keyin David Alaba markaziy himoyachi pozitsiyasidan chap qanot himoyachisi pozitsiyasiga o'tishi va u erda asosiy tarkib futbolchisiga aylanishi kerak.
27 yoshli Ferland Mendi uch mavsumni "Real"da o'tkazdi. Bu vaqt ichida himoyachi barcha musobaqalarda 105 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Ferland Mendini 40 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
148