"PSJ" Shkrinyar borasida yangi taklif yuborishni rejalashtirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Parijliklar yaqin orada himoyachi Milan Shkrinyarning transferi bo'yicha yangi taklif bilan "Inter"ga murojaat qilishni rejalashtirmoqda. La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, bu taklif Simone Indzagi jamoasini qanoatlantirishi kerak.
Eslatib o'tamiz, "Inter" Shkrinyaar transferi uchun 70 million evro olmoqchi. "PSJ"ning yangi taklifi bonuslarni hisobga olgan holda, shu miqdorga etib borishi kerak.
Shkrinyarga yana bir da'vogar Londonning "Chelsi"si bo'lsa-da, futbolchi uchun kurashda asosiy favorit "PSJ" hisoblanadi. Sloveniyalik himoyachining "Inter" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.

Bosh sahifaga
148