"Barselona" "Monako" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

"Barselona" "Monako" markaziy himoyachisi Benua Badyashilyaga qiziqish bildirmoqda.
"Sevilya" futbolchisi Jyul Kundening transferi bilan bog'liq vaziyat noaniqligicha qolmoqda, shu bois Kataloniya klubi rahbariyati "Monako"dan 21 yoshli himoyachining transferiga jiddiy kirisha boshlashi mumkin.
Yoshiga qaramay, Badyashilya Frantsiya chempionatida o'ynab, 2020 yilda asosiy tarkib futbolchisiga aylanda va katta tajribaga ega bo'ldi. Futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Sevilya" ham qiziqish bildirmoqda.
Badyashilya o'tgan mavsumda Liga 1da 24 o'yin o'tkazib, 1 gol urgan.

Bosh sahifaga
148