APL debyutanti "Milan"ning sobiq futbolchisiga shartnoma taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Italiyaning "Milan" klubi futbolchisi Alessio Romanoli APL debyutanti "Fulxem" jamoasiga o'tishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Daniel Longo.
Manba tarqatgan ma'lumotga ko'ra, "Fulxem" klubi 27 yoshli futbolchiga to'rt million evro maosh bilan to'rt yillik shartnoma taklif qilishgan.
Ayni paytda Romanoli yakuniy qarorga kelgani yo'q, lekin "Latsio"ga o'tishga intilyapti, ammo "burgutlar" birinchi navbatda Franchesko Acherbini sotishi kerak.
Eslatib o'tamiz, Romanoli "Milan" bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agentga aylandi.

Bosh sahifaga
155