APL debyutanti "Yuventus" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Sportmediaset nashri xabariga ko'ra, "Fulxem" klubi "Yuventus" futbolchisi Luka Pellegrini uchun 10 million evro berishga tayyor. Himoyachi yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Biroq, turinliklar futbolchi uchun kamida 12 million evro olish niyatida. Futbolchining transferi 9 million evroga baholanmoqda.
23 yoshli qanot himoyachisining shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. O'tgan mavsumda futbolchi "keksa sinora" safida 21ta o'yinda maydonga tushgan.

Bosh sahifaga
176