"Atletiko" futbolchisi o'ziga yangi jamoa topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

Madridning "Atletiko" klubi futbolchisi Shime Vrsalko nihoyat o'ziga yangi klub topdi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, Xorvatiya terma jamoasi futbolchisi bugun Gretsiyaning "Olimpiakos" klubi bilan shartnoma imzolagan.
"Olimpiakos" bugun Shime Vrsalko transferini rasman e'lon qilishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, xorvatiyalik futbolchi avvalroq "Atletiko" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan va Diego Simeone jamoasini erkin agent sifatida tark etgandi.
Shime oxirgi paytlarda "Atletiko"ning asosiy tarkibida kamdan-kam maydonga tushayotgandi.

Bosh sahifaga
204