Dembele "Chelsi" taklif qilgan maoshdan norozi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

Frantsiyalik futbolchi Usmon Dembele yozda "Chelsi"ga o'tmaydi.
Sport.es nashri xabariga ko'ra, 25 yoshli frantsiyalik futbolchi London jamoasida unga taklif qilingan maoshdan norozi bo'lgan, garchi Dembele vakillari anchadan beri "Chelsi" bilan muzokara olib borishgan bo'lsa ham. Futbolchining o'zi "Barselona"da qolishni istamoqda, ammo frantsiyalik futbolchi hozircha kataloniyaliklar bilan kelisha olmayapti.
Usmon Dembele o'tgan mavsumda "Barselona" tarkibida 21 o'yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi bitta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" Dembelega yiliga 8 million evro maosh taklif qilayotgani haqida xabar bergandik.

Bosh sahifaga
244