«Chelsi» Azar o'rniga Pepeni olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3202

Londonning “Chelsi” klubi “Lill” hujumchisi Nikolya Pepeni olib kelmoqchi, deya xabar beradi Mirror.
Manbaning xabariga ko'ra, londonliklar Pepeni yozda “Real”ga o'tishi kutilayotgan Eden Azarga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Avvalroq, “Lill” o'z futbolchisini 80 million evroga baholagandi. Futbolchi xizmatlariga shuningdek, “Bavariya”, “Manchester Siti” va “Barselona” klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Bosh sahifaga
196