"Chelsi" "Yuventus" futbolchisi uchun 25 million evro va Vernerni taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

Londonning "Chelsi" klubi "Yuventus" jamoasiga himoyachi Matteys de Ligt transferi bo'yicha birinchi rasmiy taklifini yubordi. Jurnalist Natan Gissingning yozishicha, "ko'klar" "keksa sinora»ga o'z hujumchisi Timo Verner va 25 million evro taklif qilgan.
Manbaga ko'ra, "Yuventus" bu taklifni rad etish niyatida. Vernerning o'zi Turinga ko'chib o'tishga qarshi emas, ammo "keksa sinora" de Ligtning transferidan maksimal foyda olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, De Ligtning "Yuventus" bilan shartnomasi 2023/24 yilgi mavsum oxirida yakuniga etadi. Oldinroq niderlandiya futbolchi "Chelsi" ustozi Tomas Tuxelning asosiy maqsadi ekani xabar qilingandi.

Bosh sahifaga
191