Lequipe nashri xabariga ko'ra, Frantsiyaning "Lans" klubi yarim himoyachisi Seko Fofanaga "PSJ" qiziqish bildirmoqda. Tomonlar ushbu transfer bo'yicha muzokara jarayonini boshlab yuborishgan.
Parijliklarning yangi sport direktori Luis Kampos ivuarlik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda. O'z navbatida, "Lans" yarim himoyachi uchun kamida 30 million evro taklif qilinsa, u bilan xayrlashishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Fofana o'tgan mavsumda Frantsiya chempionatining eng yaxshi afrikalik futbolchisi deb topilgandi. Hozirgi jamoasi tarkibida yarim himoyachi 38 ta uchrashuv o'tkazib, 8 ta gol kiritgan va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Ronaldino ilk marotaba 13 yoshida OAV etiboriga tushgan. O'shanda u bitta o'yinda 23ta gol kiritgandi