Madrid klublari Dibalani o'z safiga qo'shib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqishmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
Ispaniyaning ikki top-klubi shu paytgacha “Inter” bilan transfer borasida kelisha olmayotgan hujumchi Paulo Dibalani o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan. Football Italia xabariga ko'ra, "Real" va "Atletiko" klublari argentinalik futbolchini qo'lga kiritish imkoniyatlarini o'rganishmoqda.
Dibalaning o'zi hamon yangi klub topa olmaganidan norozi. Futbolchiga transferga shoshilmayotgan va hozircha moliyaviy talablarni qondirishdan bosh tortayotgan "Inter"ning hatti-harakati yoqmayapti.
"Real" va "Atletiko" bundan foydalanishga tayyor. "Matraschilar" Luis Suares ketganidan keyin endigina hujumchi izlamoqda, shu bois klub bosh murabbiyi Diego Simeone hamyurtini transfer qilish variantini ko'rib chiqmoqda.