Di Mariya yakuniy qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Frantsiyaning "PSJ" klubi bilan shartnomasi tugagan argentinalik yarim himoyachi Anxel Di Mariya keyingi klubi haqida bir qarorga keldi.
Corriere dello Sport nashri xabariga ko'ra, argentinalik vinger Turinning "Yuventus" klubi taklifini qabul qilgan. Tomonlar shartnomaning barcha bandlari bo'yicha kelishib oldilar. Futbolchining Turinga o'tishi rasman yaqin kunlarda e'lon qilinadi.
34 yoshli argentinalik futbolchi so'nggi etti yilni “PSJ”da o'tkazdi. O'tgan mavsumda u 26 o'yinda maydonga tushib, 5 gol va 7 golga assistentlik qilgan.

Bosh sahifaga
194