"Real" "Fiorentina"ga chegirma qilib bermoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

"Real" va "Fiorentina" klublari o'rtasida serbiyalik hujumchi Luka Yovichning transferi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoq insayderi Nikolo Skiraning yozishicha, "Qirollik klubi" hujumchini ijaraga berib, unga maoshining yarmini to'lashga tayyor. Yovichning o'zi allaqachon Florentsiya jamoasiga o'tishga rozi bo'lgan.
24 yoshli hujumchining ijara muddati kelasi mavsum oxirigacha mo'ljallanadi.
O'tgan mavsumda Luka 15 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
198