Dembelening taqdiri shu hafta oxirida hal bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
"Barselona" futbolchisi Usmon Dembelening kelajagi shu hafta oxirigacha aniq bo'lishi kerak. Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko'ra, Dembele o'z qarorini yaqin kunlarda "ko'k-anorranglilar" rahbariyatiga etkazadi.
Dembelening o'zi "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoasida o'ynamoqchi. Tuxel "Chelsi" rahbariyatini Dembeleni keyingi bosqichga olib chiqishi mumkinligiga ishontirdi. Ilgari Tuxel Dembeleni u bilan ishlashga muvaffaq bo'lgan eng iqtidorli futbolchi deb atagandi.
"Chelsi" Dembele uchun favorit bo'lib qolmoqda, biroq klub rahbariyati futbolchining jarohati tufayli hamon shubha qilmoqda.